00:19 / 24.04.2018
8964

Yamanning tan olinmagan hukumati rahbari aviazarba vaqtida halok bo‘ldi

Foto: RIA Novosti / Rafael Daminov

Yamanning oliy siyosiy kengashi rahbari va “Ansor Alloh” guruhining yetakchilaridan biri Saloh as-Samad Saudiya Arabistoni harbiy-havo kuchlarining havo hujumi vaqtida o‘ldirildi. Bu haqda “Al-Masira” telekanali ma'lum qildi.    

Shu sababli Yamanning husiylar nazoratida bo‘lgan hududida 3 kunlik motam e'lon qilingan. As-Samadning o‘rnini Mahdi al-Mashat egallaydi.

“Ansor Alloh”ning diniy yetakchisi Abdul Malik al-Husiy as-Samadning o‘limiga aloqadar bo‘lganlarni jazolashga va'da bergan. U aviahujumlarga AQSh va Saudiya Arabistoni javobgar ekanligini aytgan. 

As-Samad 2016 yil avgustda oliy siyosiy kengash raisi lavozimini egallagan va shundan beri deyarli davlatni boshqarib kelgan. Aprel boshida u Saudiya Arabistoniga “ballistik raketalarga boy bir yil bo‘larkan-da”, deb qo‘ygan.  

Mavzuga oid
Top