08:23 / 24.04.2018
2909

Facebook “aksilterrorchilik guruhi” shtatini 200 kishiga yetkazdi

Foto: Facebook / Nasir Kachroo

Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoqda terrorchilik faoliyatiga aloqador ma'lumot joylashtirilishi bilan kurashuvchi xodimlari sonini 150dan 200 kishiga qadar oshirdi. Joriy yilning birinchi choragida IShID va “Al-Qoida” terrorchilik guruhlari tarafdorlariga tegishli bo‘lgan taxminan 1,9 mln post aniqlandi. Bu haqda kompaniya o‘z saytida xabar bergan.

"Zararli kontentni aniqlash texnologiyasi ushbu sohada rivojlanishga erishishda muhim rol o‘ynaydi, shuning uchun bizning aksilterrorchilik jamoamiz 150 kishidan 200 kishiga qadar oshirildi. Bu jamoa soni hali yana ortadi", - deya aniqlik kiritdi Facebook.

"Birinchi chorakda biz IShID va “Al-Qoida”ga tegishli taxminan 1,9 mln postga nisbatan tegishli harakatni amalga oshirdik. Bu avvalgi chorakdan ikki barobar ko‘p", - deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan kompaniyadan. U yerdan aniqlik kiritishlaricha, o‘zlari uchun terrorizm tushunchasini shakllantirib olishgan: "Oddiy fuqarolar, hukumat tuzilmalari yoki xalqaro tashkilotni siyosiy, diniy yoki mafkuraviy g‘oya uchun qo‘rqitish maqsadida jismoniy shaxslar yoxud mulkka nisbatan atayin zo‘ravonlik aktiga jalb etilgan istalgan nodavlat tashkilot". 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Cambridge Analytica’ga ma'lumotlarni taqdim etgan Global Science Research firmasi asoschilaridan biri Aleksandr Kogan avval bunday amaliyot oddiy narsa sifatida ko‘rilgani haqida ma'lum qilgandi

 

Mavzuga oid
Top