Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi vafot etdi
Futbol bo‘yicha Fransiya terma jamoasi sobiq o‘yinchisi va bosh murabbiyi Anri Mishel 71 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Fransiyaning RFI radiostansiyasi ma'lumotiga ko‘ra, o‘limga nima sabab bo‘lgani xabar qilinmayapti.
Mishel o‘yinchilik faoliyatini Fransiyaning «Nant» klubida (1966-1982) o‘tkazgan bo‘lib, uning tarkibida uch marta mamlakat chempioniga aylandi va Kubok egalari kubogi yarim finaliga chiqqan. Shuningdek, u Fransiya terma jamoasi safida 58 uchrashuvda maydonga tushgan.
U 1984 yilda Fransiya yoshlar terma jamoasi murabbiyi sifatida Olimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozongan. 1984-1988 yillar davomida Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Shuningdek, u Kamerun, Marokash, BAA, Tunis, Kot-d'Ivuar, Ekvatorial Gvineya va Keniya terma jamoalarini boshqargan.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026