21:38 / 26.04.2018
10300

Yaponlar avtomobilga aylana oluvchi robot yaratishdi (video)

Yaponiyaning Asratec kompaniyasi bir nechta startap bilan birgalikda avtomobilga aylana oluvchi robotni taqdim qildi. Bu haqda J-deite RIDE loyihasi saytida aytilgan.

Balandligi 3,7 metr va og‘irligi 1600 kg keladigan model soatiga 100 metrdan oshmaydigan tezlikda ikkita oyoqda yura oladi. Shunday past tezlikka qaramay, u bir daqiqa ichida shaklini o‘zgartirib, robotdan ikki o‘rindiqli sport mashinasiga aylana oladi. Robot mashina ko‘rinishida 60 km/soat tezlik bilan harakatlana oladi.

Robot elekt motorlar yordamida harakatlanadi, uni kabinadan dastagi yoki masofadan pult yordamida boshqarish mumkin. E'tiborlisi, mashina transformatsiya bo‘layotganda uning kabinasini tark etmasa ham bo‘ladi.

Robot mualliflarini uni yaratishga “Transformerlar” filmi ilhomlantirgan. Muhandislar shu bilan to‘xtab qolmay, 2020 yilga qadar robotning takomillashtirilgan 5 metrlik modelini namoyish qilishmoqchi. Robotlar ko‘ngilochar bog‘lar hamda avtomobil va robototexnika ko‘rgazmalarida qo‘llanishi ko‘zda tutilgan.

Top