Jahon | 22:10 / 26.04.2018
10737
1 daqiqa o‘qiladi

“Hech kim qattiqqo‘lroq bo‘lmagan”: Tramp Rossiyaga munosabatini shunday izohladi

Foto: AFP 2018 / Nicholas Kamm

AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanali efirida Moskvaga qattiqqo‘l munosabatda ekanligini aytdi.

Tramp jurnalistlar bilan telefon orqali muloqotda ruslar bilan yashirincha til biriktirmaganini ta'kidlab o‘tgan. 

Trampning aytishicha, ungacha hech kim davlat manfaatlarini bunchalik qattiqqo‘llik bilan himoyalamagan. U bunga misol tariqasida AQSh tomonidan alyuminiyga bojlar kiritilishi va 60 rossiyalik diplomatning chiqarib yuborilishini eslatib o‘tgan.

“Hech kim qattiqqo‘lroq bo‘lmagan, hattoki bunga yaqin ham bo‘lmagan. Biz esa bu aljirashni  eshitmoqdamiz”, deb o‘z so‘zlarini intiholagan Tramp.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid