16:31 / 26.04.2018
24281

Qur'on musobaqasining final bosqichida bir oilaning uch vakili qatnashdi

21-26 aprel kunlari Olmazor tumanidagi Yoshlar ittifoqi madaniyat saroyida "O‘zbekiston Qur'on musobaqasi-2018"ning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda bir oiladan uch vakil ishtirok etmoqda, deya xabar beradi azon.uz sayti.

Manbaga ko‘ra, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutining katta o‘qituvchisi, Shayxontohur tumanidagi "Munavvar qori" masjidining imom-xatibi ustoz Mo‘minjon domla Saydaliyevning 2 nafar o‘g‘li va 1 kelini Qur'on musobaqasining final bosqichida turli yo‘nalishlardan ishtirok etishgan.

Foto: Azon.uz
Foto: Azon.uz
Foto: Azon.uz
Foto: Azon.uz

Mo‘minjon domlaning katta o‘g‘li Saydaliyev Muhammad Ali - Toshkent viloyatidan 26-40 yoshdagilar o‘rtasida tilovat yo‘nalishi bo‘yicha, kichik o‘g‘illari Saydaliyev Muhammad Hoji Mirzo - Toshkent Islom instituti Tahfizul Qur'on kafedrasidan hifz yo‘nalishidan, kelinlari Saydaliyeva Mufazzala ham Toshkent Islom institutidan tilovat yo‘nalishidan ishtirok etishdi.

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqa natijalariga ko‘ra, Saydaliyev Muhammad Hoji Mirzo diniy ta'lim muassasalari bo‘yicha faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

Top