Onajon, zor qilib ketma izingga!..
Bugun, 26 aprel kuni O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan sana. Xalq orasida uning she'rlari doim sevilib mutolaa qilingan, chunki she'rlardagi satrlar xalqchil, sodda va shu bilan birga odamlar dardiga suvalib yozilgan.
Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1998). Rus tili va adabiyoti institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan (1978). Ilk she'rlar to‘plami — «Tanish teraklar» (1985). «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz», «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1991), «Bevafo ko‘p ekan», «Yolg‘onchi yor» (1993), «Erka kiyik» (1995), «Osmonimga olib ketaman» (1998), «Ulug‘imsan, vatanim» (2004) kabi she'riy kitoblari nashr etilgan. 2001 yil 31 iyulda Ellikqal'a tumanida vafot etgan.
ONAJON
Topmoq yo‘qotmoqdir, yo‘qotmoq topmoq.
Sen so‘lib, men yashnab to‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan ko‘proq yo‘qotdim,
Sen meni yupatding, seni yig‘latdim.
Sen meni yaratding, seni tugatdim.
Uyalmay ona deb kelishimga boq!
Sog‘inch haqda she'rlar yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay, attang, ming attang,
Qiz tug‘sang netardi, ko‘proq qiz tug‘sang.
Tirgak bo‘lolmadim bitta qizingcha,
Uyalmay shoirman deyishimga boq!
Joningdan aylanay turgin jonajon,
Yo‘l qarab bo‘ldimi jigarginang qon?
Boqma ko‘zlarimga bemajol, xasta,
Meni topganlarim gulmi bir dasta.
Yo‘qotganim... Yo‘qotganim endi senmi onajon,
O‘z etimni o‘zim yeyishimga boq!
Bilsang... Bilsang yuragimni bir alam elar,
Buyursang qo‘limdan kelmaydi nelar.
Ayt, pichan yig‘aymi, o‘tin yoraymi,
Yerni haydayinmi, ko‘k ag‘daraymi?
Itdek oyog‘ingga suykalgim kelar,
Uchib-uchib mana qo‘nishimga boq!
Hech narsa kerakmas, bolam hech deysan,
Endi kech deysan-da, endi kech deysan.
Yuzimni bosaman muzdek yuzingga,
Onajon zor qilib ketma izingga.
O‘lim oldida ham g‘amimni yeysan,
Men-chi jim taqdirga ko‘nishimga boq!
***
She'rim bitdi, xayr do‘stlar, xush qoling,
Bedil yashamakka o‘rganmang mendek.
Boring, volidangiz ko‘nglini oling,
Ertaga kech qolib o‘rtanmang mendek.
So‘nggi yangiliklar
-
YeI AQSh tovarlariga javob bojlari joriy etishni aprel o‘rtalariga qoldirdi
Jahon | 00:51
-
Erdo‘g‘an muxolifatni Istanbul merining hibsga olinishini siyosiylashtirishda aybladi
Jahon | 00:19
-
Navro‘z bayramida Toshkentda avtobus va metro qanday tartibda harakatlanishi ma’lum qilindi
Jamiyat | 23:41 / 20.03.2025
-
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi
Jahon | 23:39 / 20.03.2025
Mavzuga oid

18:00 / 15.12.2023
Qamoqxonadagi noma’lum yozuvchi hikoyasi

20:29 / 26.04.2022
Sen qachon o‘zingni taniysan, elim? - Muhammad Yusuf haqida xotiralar

12:24 / 06.04.2022
Muhammad Yusufning “Tanlangan asarlar”i Turkiyada chop etildi

15:34 / 26.04.2021