17:15 / 27.04.2018
20778
Reklama

LG’dan Q6 smartfoni. Qanday yangiliklar bor?

LG Electronics kompaniyasining Q-seriyali smartfoni LG flagman modellaridagi asosiy xususiyatlar bilan jihozlangan. Zamonaviy Q6’ning afzalliklari qanday? Bugungi kunda bozorda juda ko‘p sonli smartfon mavjud. LG Q6 esa barchaning ehtiyojlarini birlashtiradi. Keling, uni batafsil ko‘rib chiqamiz.

Foto: LG

FullVision displeyi – 18:9 ekran shaklida bo‘lib, u sensor ekrani qo‘shimcha bo‘shlig‘ini taklif etadi hamda bu bir qo‘lda ishlatish qulayligiga ega ixcham korpusda. Endi displeyning tegishli nuqtasiga bosish uchun professional gitarachi barmoqlari talab etilmaydi. Ikkiga bir shakldagi ekranga ikkilamchi ekran funksiyasi ham qo‘shilgan, tomonlar nisbati bir vaqtda do‘stlar bilan chatda umumiy yozishmalarni kuzatish va sevimli internet-resurslarda qiziqarli maqolalarni o‘qish imkonini beradi. Albatta, katta ekran Full HD+ kengligiga ega kontentni ko‘rishda yaxshilangan tasvir sifatini beradi.

Foto: LG

Frontal kameraning 100 daraja va 5 megapikselli keng burchagi kadrda faqat barcha do‘stlarning sig‘ishini emas, balki fon peysaji barcha go‘zalligini ham aks ettirish imkonini taqdim etadi. Bunda ideal selfi-surat konsepsiyasiga to‘la amal qilinadi. Q6 smartfoni kamerasining masofadan imo-ishoralarga sezgirlik reaksiyasi ham qo‘shimcha qulaylikni yaratadi - smartfonni har doim qo‘lda ushlab turishning hojati yo‘q, siz smartfonni kerakli joyga qo‘yishingiz, kerakli masofaga uzoqlashishingiz va bir vaqtning o‘zida to‘rtta kadrni olishingiz mumkin.

LG Q6 smartfonining ko‘rinishi o‘zining oddiyligi bilan ajralib turadi, chunki haqiqiy dizayn - keraksiz narsalardan xalos bo‘lish. Minimal ramka smartfonga tasodifan tegib ketmaslikni ta'minlaydi – barchamiz ramkaning yo‘qligi ekranda umuman boshqa obektlarning bosilib ketishiga olib kelishi qanchalik yoqimsiz ekanini bilamiz. LG Q6’da bunday muammo haqida deyarli unutishingiz mumkin.

Foto: LG

LG Q6 yaxlit qobig‘i - ko‘plab noxush holatlardan to‘laqonli himoya. Kemasozlik va raketalar qurishda ko‘p ishlatiladigan 7000 seriyali metalldan alyuminiy ramka bilan bezatilgan smartfon har tomondan tasodifiy zarbalardan himoyalangan.

Haroratga bardoshlikning muhimligini ham ta'kidlash joiz - ichki sovutish tizimi va qurilmaning bir biridan uzoqda joylashgan asosiy elementlari smartfonni haddan tashqari qizdirmaydi. Ishonchlilik hamma narsadan ustun.

Reklama huquqi asosida

Top