17:51 / 28.04.2018
7936

“Agrobank” ATB tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

“Agrobank” ATBning Bosh ofisida “Odob-axloq qoidalariga rioya qilish korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy omili” mavzuida seminar o‘tkazildi. Bu haqda “Agrobank” ATB matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar bermoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Jo‘raqul Sattorov, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mas'ul xodimi Husniddin Ro‘zimov, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda bankning rahbar va xodimlari  ishtirok etdi.

Foto: Agrobank

Ushbu seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad bankning xodimlari ongu shuuriga xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajarishda odob-axloq hamda xulq-atvor qoidalariga rioya etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning ahamiyati va mohiyatini yetkazishdan iboratdir.

Seminarda “Agrobank”ATB Yuridik departamenti direktori J.Saipov va boshqalar bank xodimlari o‘rtasida qonunbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat intizomi, shuningdek, xodimlarning odob-axloq va xulq-atvor qoidalariga rioya etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda galdagi muhim vazifalar xususida so‘z yuritdi.

Foto: Agrobank

Jumladan, Prezidentimizning 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar doirasida bankning hududiy boshqarmalari va filiallarida tarbiyaviy profilaktik ishlarni kuchaytirish, xodimlarni munosib xulq-atvorda bo‘lishini ta'minlash, bank tizimiga dog‘ tushiruvchi turli salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilishining oldini olish maqsadida bank Boshqaruvi tomonidan 2018 yil 11 aprelda Bank xodimlarining korporativ etikasi qoidalari tasdiqlandi. 

Unga ko‘ra, har bir xodim o‘z xizmat vazifasini bajarishda davlat prinsiplari va talablariga qat'iy rioya etishi, xizmat vazifalarini vijdonan, yuksak kasbiy darajada bajarishi, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olishi kabi qator tartib-qoidalar belgilandi.

Foto: Agrobank

Tadbirda bank xodimlari davlat organlariga korrupsiya holatlariga qarshi kurashish va ularning profilaktikasiga faol ko‘maklashishi lozimligi ta'kidlandi.

Seminarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mas'ul xodimi tomonidan korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan xodimlarning javobgarligi va ularning manfaatlar to‘qnashuvi masalalari bo‘yicha atroflicha tushunchalar berib o‘tildi.

Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob qaytarildi.

Top