Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh razvedkasi KXDR yadro poligoni yopilganiga shubha qilmoqda
AQSh razvedka xizmatlarining fikricha, Shimoliy Koreyada yopilgan Pxungeri yadroviy poligoni hamon sinovlarni o‘tkazish uchun yaroqli holatda bo‘lishi mumkin. Bu haqda Reuters manbalarga asosan xabar bermoqda.
«Pxungeri poligoni endi ishlamayotgani bo‘yicha xulosa chiqarishga yetarlicha asoslar yo‘q», - deya ma'lum qildi agentlik manbasi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, poligon hududida «uncha kuchli bo‘lmagan geologik buzilishlar» kuzatilmoqda. Biroq poligon ishini nisbatan qisqa vaqt ichida tiklash mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDRdagi yadro poligoni sinovlar uchun yaroqsiz bo‘lgani xabar qilingandi. Ma'lumotlar ko‘ra, KXDR yetakchisi Kim Chen In yopilishi haqida 21 aprel kuni ma'lum qilgan yadroviy sinov maydonchasi tog‘ yonbag‘ri qulab tushgani tufayli foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026