Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Shimoliy Koreyadan ommaviy qirg‘in qurollarini to‘liq yo‘q qilishni talab qilmoqda
AQSh Shimoliy Koreyadan ommaviy qirg‘in qurollarini to‘liq yo‘q qilishni talab qilmoqda, aks holda Vashington Pxenyanga bosim ko‘rsatishni davom ettiradi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo NATO vakillarining Bryusseldagi uchrashuvi natijalariga ko‘ra berilgan matbuot anjumanda aytib o‘tdi.
“Men Koreya Respublikasi va KXDRni tarixiy uchrashuv o‘tkazgani bilan tabriklamoqchiman, bu uchrashuv koreys xalqining tinchlik va farovonlikka intilishiga turtki beradi. Biz ikki davlat yetakchilarining Koreya yarimorolini to‘liq yadroviy qurolsizlantirish borasidagi bayonotini qutlaymiz va bu deklaratsiyani sinchkovlik bilan o‘rganmoqdamiz. Biroq maqsadimiz o‘zgarishsiz qoladi. Biz Shimoliy Koreyaning ommaviy qirg‘in qurollarini yaratish dasturlarining to‘liq va tamoman yo‘q qilinishini talab qilamiz. Bungacha esa maksimal bosim o‘tkazish davom etaveradi”, deb aytgan Pompeo.
Mavzuga oid
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026