Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron tashqi ishlar vaziri AQShni Suriyada vayronkor rol o‘ynashda aybladi
AQSh Erondan farqli, Suriyada vayronkor rol o‘ynaydi va buning uchun javob berishi kerak. Bunday fikrni Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Ostona jarayoni kafil davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi yakuniga ko‘ra bildirdi.
Zarif AQShni Suriyada “turli elatlar o‘rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqarish, turli guruhlardan foydalanish”da aybladi va shu sababli “kimdir Yaqin Sharqda vayronkor rol haqida gapiradigan va buning uchun javob beradigan bo‘lsa, unda bu AQSh hukumatidir” deb aytdi.
Zarifning aytishicha, Eronning Suriyadagi roli IShID, “Jibhat an-Nusra” va boshqa terrorchilik guruhlariga qarshi kurashdan iborat.
Zarif, shuningdek, AQShning Iroqqa hujumi va Afg‘onistondagi harakatlariga ham to‘xtalib o‘tdi. Uning aytishicha, AQShning mintaqadagi siyosati “faqatgina vayrongarchiliklar va ekstremizmning kengayishiga olib keldi”. “Eron bu vayronkor siyosat hamda bu siyosat natijasida vujudga kelgan ixtiloflarga qarshi kurashgan”, deb aytgan Zarif.
Mavzuga oid
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026