Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo Turkiyaning Rossiyadan S-400 xarid qilish bo‘yicha rejalariga munosabat bildirdi
AQSh yangi davlat kotibi Mayk Pompeo Turkiya tashqi ishlar vaziri Ahmad Chavusho‘g‘liga Anqara Rossiyadan S-400 zenit raketa majmualarini sotib olayotganidan tashvishda ekanini bildirdi. Bu haqda Reuters manbaga asosan xabar qilmoqda.
«Davlat kotibi AQSh jiddiy tashvishda ekanini bildirdi. U Chavusho‘g‘lidan NATO tizimlari bilan o‘zaro ishlashi mumkin bo‘lgan tizimlarni xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish haqida so‘radi», - deya ma'lum qilgan manba.
O‘z navbatida Chavusho‘g‘lining ma'lum qilishicha, S-400 bo‘yicha bitim yopib bo‘lingan. Biroq, uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat kelajakda boshqa tizimlarni xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Turkiyaga S-400 ishlab chiqarishni boshlagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
18:12 / 28.06.2026