Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Eron yadroviy qurol oldiga hattoki yaqinlashmasligi kerakligini aytdi
Eron yadroviy qurol oldiga hattoki yaqinlashmasligi kerak. Bunday fikrni AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniya kansleri Angela Merkel bilan Oq uyda bergan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Tramp Merkel bilan Eronni muhokama qilganini ta'kidlab o‘tgan. Uning aytishicha, Eron Yaqin Sharqda “zo‘ravonlik, xunrezlik va xaos” tarqatmoqda. “Biz bu qonxo‘r tuzum yadroviy qurolga hattoki yaqin kelolmasligini va u xavfli raketalar tarqatishi, terrorchilikka yordamini to‘xtatishini kafolatlashimiz zarur”, deb aytgan Tramp.
“Yaqin Sharqda qayerga bormang, muammo bor joyda Eronni ko‘rasiz”, deb aytgan Tramp.
Tramp Tehron IShID mag‘lub bo‘lishi evaziga “foyda olishi” kerak emasligini aytgan. “Buning oldini olish uchun AQSh boshchiligidagi koalitsiya va uning mintaqadagi hamkorlari IShIDga qarshi kurash doirasida moliyaviy hissasini va ishtirokini ko‘paytirishi lozim”, deb aytgan Tramp. Uning ta'kidlashicha, Yaqin Sharqda ko‘plab boy davlatlar bor va ular AQSh ko‘rsatayotgan ulkan yordam uchun haq to‘lashni boshlaydilar.
Mavzuga oid
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026