14:25 / 29.04.2018
10135

Marhumlarga elektr energiya uchun qarzdorlik yozilgan holatlar aniqlandi

Farg‘ona shahrida 2015 yilda hayotdan ko‘z yumgan marhumga elektr energiyasi uchun 1 297 296 ming so‘mlik qarzdorlik bo‘yicha xat kelib tushdi. Iste'molchilar huquqini himoya qilish federatsiyasiga kelib tushgan arizaga binoan shu haqida xabar berildi

Mazkur ariza yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilganida xonadon egasining vafot etgani va uning vafotidan keyin u uyda hech kim yashamayotganiga doir zarur hujjatlar taqdim etilgan.

"Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunning 21-moddasiga muvofiq, "O‘zbekenergo" korxonasi mutaxassislari tomonidan yozilgan 30402-0001208-sonli dalolatnoma xato deb topildi, qarzdorlik bekor qilindi. Korxona tomonidan qayta hisob-kitoblardan so‘ng 24.04.2018 yil holatiga ko‘ra ushbu xonadonning 1 292 129, 60 so‘m haqdorligi borligi to‘g‘risida ma'lumotnoma berilgan.

Bundan tashqari, Qarshi shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari Qarshi shahar 1-Mittitumandagi 1-"A" uy, 9-xonadonida ishlatilgan elektr energiyasi nisbatan jarima yozishadi. Bu uyda elektr hisoblagich o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramay, korxona tomonidan Qarshi shahridagi xonadonlarda elektr energiyasidan foydalanishni o‘rganish bo‘yicha jalb qilingan Nishon tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 2014 yil 16 yanvarda "hisoblagich o‘zboshimchalik bilan almashtirilgan"iga doir dalolatnoma tuzadi. Shunisi ajablanarliki, dalolatnomaga 2006 yili hayotdan ko‘z yumgan xonadon egalarining otasi S.Turdiyev ishtirok etdi deb, marhumning imzosi ham qo‘yilgan. 

Sud fuqarolik ishlari bo‘yicha materiallarda to‘plangan hujjatlarni o‘rganib, dalillarga huquqiy baho berdi va iste'molchining talabini qanoatlantirdi. Qarshi shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimlarining dalolatnoma tuzishdan iborat xatti-harakatlari g‘ayriqonuniy deb topildi va dalolatnomaga asosan fuqaro R.Sa'dullayeva xonadoniga hisoblangan qarzdorlikni undiruv ro‘yxatidan chiqarish majburiyati yuklatildi.

 

Top