Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sud-huquq tizimida “Elektron jinoyat ishi” loyihasi amalga oshiriladi
Toshkentning ikki tumanida 1 dekabrga qadar ilk elektron jinoyat ishlarni tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Bu prezidentning “Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilik tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi bilan nazarda tutilgan.
Sud-tergov faoliyatiga zamonaviy AKT joriy etilishining past darajasi sud-tergov amaliyotidagi muammolardan biri sifatida ko‘rsatiladi.
Bosh prokuratura quyidagilarni taklif qilgan:
2018 yilning 1 dekabriga qadar Toshkentning Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida “Elektron jinoyat ishi” sinov loyihasini ishga tushirish;
2019 yilning 1 oktabriga qadar sinov loyihasi natijalari bo‘yicha jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflarni kiritish.
Sinov loyihasi doirasida hujjatlarning ham qog‘ozli, ham elektron shakli foydalaniladi.
Ish o‘rinlari jihozlanishi va ichki lokal-hisoblash tarmoqlarini yaratish tegishli vazirlik va idoralar – sinov loyihasi ishtirokchilarining o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
“O‘zbektelekom” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fondi mablag‘lari hisobidan aloqa kanallari bilan ta'minlashi kerak.
“Elektron jinoyat ishi” tizimi amaldagi axborot tizimlari va sinov loyihasi ishtirokchilari resurslari bilan integratsiya qilinadi.