Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroillik harbiylar Suriyaga berilgan zarbalarni izohlashdan bosh tortdi
Isroil harbiylari Suriyadagi harbiy obektlarga tungi vaqtlar berilgan zarbalarga izoh berishdan bosh tortdi. Aynan Isroil zarbalarga aloqadorlikda gumonlanmoqda, deb xabar beradi RIA «Novosti».
«Biz izoh berishdan bosh tortamiz», - deya ma'lum qildi mamlakat qurolli kuchlari vakili.
Agentlikning Suriyadagi harbiy manbasi so‘zlariga ko‘ra, «dushman raketalari» qo‘llangan holda berilgan tungi zarbalarning asosiy maqsadi Xama va Halab shaharlari yonidagi Suriya hukumat qo‘shinlari qurol-yarog‘ ombori bo‘lgan. Hujum vaqtida Xama atrofida katta yong‘in boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Suriya bazalariga hujum haqida qo‘shimcha ma'lumot bergandi.
Mavzuga oid
00:14
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026