Jahon | 22:33 / 01.05.2018
7232
2 daqiqa o‘qiladi

Armanistonda Bosh vazir saylanmadi. Pashinyan g‘alabaga qadar miting qilmoqchi

Foto: Sputnik / Asatur Yesayants

Armaniston parlamenti mamlakat Bosh vaziri lavozimiga yagona nomzod sifatida ko‘rsatilgan muxolifat yetakchisi Nikol Pashinyanni ushbu mansabga saylamadi.

Ma'lum qilinishicha, talab etilgan 53 nafar parlamentariy ovozidan Pashinyan nomzodini 45 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan. Ushbu masala joriy yilning 1 may kuni qonunchilik organi navbatdan tashqari maxsus sessiyasida ko‘rib chiqildi.

Konstitutsiyaga ko‘ra, yetti kundan so‘ng, Bosh vazir lavozimiga nomzodni tasdiqlash uchun parlament yana ish boshlaydi. Endilikda nomzodni alohida fraksiya emas, balki umumiy ovoz beruvchilarning 2/3 qismi qo‘llab-quvvatlashi lozim. Agar ikkinchi marta ham parlament Hukumat rahbarining tanlay olmasa, Milliy majlis avtomatik ravishda tarqatib yuboriladi.

Pashinyan parlamentariy qaroriga o‘z munosabatini bildirarkan, g‘alabaga qadar Yerevan shahrida miting bo‘lishini bildirdi. U hukumat boshqaruvini qo‘lga olsa, kadrlar tozalovini o‘tkazmay, murosa bilan ish boshlashini aytib o‘tdi.

Mavzuga oid

E`lonlar