Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mun Chje In BMTga KXDR bo‘yicha iltimos bilan chiqdi
Foto: Korea Summit Press Pool/Reuters
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshga KXDRdagi yadro poligonining yopilish jarayonini nazorat etish iltimosi bilan murojaat qildi. Bu haqda «Ryonxap» xabar bermoqda.
Shuningdek, Koreya Respublikasi prezidenti Guterreshdan Koreyalararo sammitda erishilgan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlashni so‘radi.
«Men BMT Bosh Assambleya yoki Xavfsizlik kengashi orqali Pxanmunjom deklaratsiyasini qo‘llab-quvvatlash aks etgan bayonot bilan chiqishini xohlayman», - deya ma'lum qildi Mun Chje In.
Guterreshning ma'lum qilishicha, bu masala bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor, sababi Koreya yarim orolida tinchlik o‘rnatilishiga umid qilyapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya prezidenti Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvi uchun joy topgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
15:58 / 11.02.2026
BMT Bosh assambleyasi rahbari Berbok BMT nizomiga amal qilishga chaqirdi
15:14 / 06.02.2026
BMTning inson huquqlari bo‘yicha komissari: “Biz - tirik qolish rejimidamiz”
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
14:43 / 30.01.2026