Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda jiddiy YTH: 5 nafar shaxs jabrlandi va 5ta avtomashina shikastlandi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida jiddiy yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 30 aprel kuni soat 15.15larda, Islomobod ko‘chasida yashovchi E.Sh. o‘zining “Lasetti” rusumli avtomashinasini Sh.Rashidov ko‘chasida katta tezlikda haydab ketayotib, shu yo‘nalishda svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan “Matiz” rusumli avtomashinaga urilishi natijasida qator turgan yana to‘rtta mashinalar bir-birlariga urilib texnik shikastlangan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida 5 nafar shaxsga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026