Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prik qachon foydalanishga topshirilishi ma'lum qilindi
Toshkent shahrining Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prik joriy yilning iyun oyida foydalanishga topshiriladi. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar beradi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli «Ko‘prik qurilish tresti» korxonasi mutaxassislari tomonidan qurilayotgan ko‘prikning umumiy uzunligi 667,5 metrni tashkil etadi.
Ko‘prikning estakada qismining uzunligi 488,5 metr bo‘lib, balandligi 8, kengligi 24,5 metrni tashkil etadi. Inshoot jami 21 ta ustun ustida barpo etilmoqda. Bu yerda piyodalar uchun ham qator qulayliklar yaratiladi. Xususan, umumiy uzunligi 124 metr bo‘lgan ikkita piyodalar o‘tish ko‘prigi quriladi, shuningdek, yoshi keksa va nogironlar uchun maxsus lift hamda eskalator o‘rnatiladi.