Light | 21:55 / 01.05.2018
12596
1 daqiqa o‘qiladi

Jismoniy faollik va so‘zlarni eslay olmaslik o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlandi

Foto: Foto: Depositphotos/ZaraMuzafarova

Jismoniy faollik keksa odamlarga xotirani yaxshilash va so‘zlarni yoddan chiqarmaslikka  yordam beradi. Bunday fikrga yevropalik olimlar keldilar.

Olimlar turmush tarzimiz keksayganimizda u yoki bu so‘zni eslay olishimizga kuchli ta'sir qilishi haqidagi xulosaga kelishgan.

“Inson so‘zni eslay olmaganda buni xotiraning zaiflashishi bilan bog‘laydi, biroq bunday emas. Aslida gap xotirada emas, tilning ishlashidadir”, deb aytilgan tadqiqotda.  

Ta'kidlanishicha, aslida keksa kishilar yoshlardan ko‘proq so‘zlarni yodda saqlashadi. Biroq kam harakatchan turmush tarzi sababli miya har doim ham signalni tilgacha yetkaza olmaydi.

Mavzuga oid