Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyadagi dorixonalarda xaridorlarga "harakatlanish uchun bepul dori" berish boshlandi
Bundan maqsad, jismoniy mashqlar va harakatlanish ko‘plab kasalliklarning davosi ekanligini odamlar ongiga singdirishdir.
Italiyadagi dorixonalarda xaridorlarga "harakatlanish uchun bepul dori" berish boshlandi , deb yozadi The Mayor.
"Harakatlanish uchun dori" mashq zallari, fitnes-klublar va basseynlarga bepul qatnash uchun kuponlardan iborat. Ular oddiy dorilar qutisiga solingani sababli "dori" deb atalmoqda.
Mazkur kampaniyadan maqsad, jismoniy mashqlar va harakatlanish ko‘plab kasalliklarning davosi ekanligini odamlar ongiga singdirishdir.
Ushbu aksiya Italiya sport departamenti, sport tadbirlarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanuvchi Uisp notijorat tashkiloti va mamlakatning 235 munitsipaliteti hamkorligida tashkil etildi.
Mamlakatdagi barcha dorixonalar va shifoxonalarga 480 ming quti "harakatlanish uchun dori" tarqatiladi, natijada italiyaliklar sport zallarida bir oy davomida turli jismoniy mashg‘ulotlar bilan bepul shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026