Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti haftasiga kamda 2,5 soat faol bölişni tavsiya qiladi. Köpçilik odatlanmagani, vaqti va imkoni yöqligi uçun jismoniy maşqlar bilan şuğullanmaydi. Bu esa salomatlikka jiddiy ta'sir körsatadi.
Quyida kun tartibingiz öta tiğiz bölsa ham soğliq uçun zarur bölgan harakatlar normasini qanday qilib bajariş haqida ma'lumot beriladi.
1. Badantarbiya qiling
Tonggi maşqlar 10 daqiqadan köp vaqt olmaydi, biroq kun böyi tetik bölişda yordam beradi. Agar tölaqonli maşqlar kompleksi uçun vaqtingiz yetmasa, çoy qaynaguniça yoki bötqa tayyor bölguniga qadar bajarişingiz mumkin.
2. Har qanday qulay vaziyatda piyoda yuring
Piyoda yurişda yugurişga qaraganda kamroq kaloriya sarflanişi rost. Biroq uning salomatlik uçun bir qator afzalliklari bor:
- şirinliklar yeyişga öçlikni kamaytiradi;
- immunitetni yaxşilaydi;
- böğim kasalliklarining oldini oladi;
- stressga qarşi kuraşişda yordam berib, kayfiyatni kötaradi.
Piyoda yuriş uçun bir neça soat vaqt sarflaş şart emas. Işlaş vaqtida örningizdan turib, xonada yurişingiz, telefonda gaplaşayotganda yölak böylab piyoda sayr qilişingiz, işga ketayotganda bir bekat oldinroq tuşib, manzilgaça yurib ketişingiz mumkin.
3. Yuqoriga zina orqali çiqing
Zina orqali yurib çiqiş yurakni maşq qildirib, oyoq muşaklarini mustahkamlaydi va oddiy yurişga qaraganda köproq kaloriya sarflaşga yordam beradi. Zinadan tuşayotganda ham daqiqasiga qöşimça 5 kkal sarflaysiz. Zinadan kötariliş uçun esa ikki marta köp – daqiqasiga 10 kkalga yaqin talab etiladi.
4. Dökonda aravaça örniga savatçadan foydalaning
Agar bir hafta uçun bozorlik qilmoqçi bölmasangiz, savatçadan foydalaning. Ana şunda köproq kaloriya sarflaysiz. Bu yelkaning yuqori qismi uçun ham maşq böladi.
5. Maşinani uzoqroqda qoldiring












