Bunday paytda sizning asosiy vazifangiz harakatlanişdagi oltin örtaliqni topiş va maşqlarni holdan toygunça bajarmaslik lozim. Jismoniy faollikdan voz keçiş esa zararlidir. Agar keksalar bir oy davomida jismoniy faoliyatdan çeklangan bölişsa, bu vaqt oraliğida muşaklar 25% ga zaiflaşar ekan. Kamharakatlilik, nafaqat, muşaklar faoliyatiga, balki butun organizmga öz ta’sirini ötkazadi. Xususan, qon aylaniş tizimi, yurak faoliyati, tomirlar, boş miya, öpka, jigar, buyrak... Agar bu holatning oldi tezda olinmasa, salomatlik borasida jiddiy muammolar ham yuzaga kelişi mumkin. Şuning uçun ham harakatsiz hayot tarzini soğlom deb ataş mumkin emas. Agar keksalikda ham özingizni yaxşi his qilişni xohlasangiz, bu holatni özgartirişingiz kerak.
Nima mumkin, nima mumkin emas?
Birinçi navbatda, sizga qanday maşğulotlar mumkin yoki mumkin emasligi töğrisida maslahatlaşib oling. Agar mumkin bölsa, maşqlarning miqdorini ham bilib oling.

Misol uçun, qon bosimi va yurak kasalliklari bor bölgan keksalarga toş kötariş, oyoqda sakraş kabi maşqlar mumkin emas. Çunki bu maşqlar qon bosimining tösatdan ortib ketişi va stenokardiya (yurak muskullarining qisilişi)ni keltirib çiqaradi.
Boğda jöyak tortiş, ötov qiliş, sabzavotlar ekiş ham nuroniylarda qon bosimining ortib ketişiga sabab bölişi mumkin. Çunki bu maşğulotlar egilib işlaşni talab qiladi va insult xavfini ham oşiradi. Şuning uçun ham boğdorçilikka qiziqadigan insonlarga bunday yumuşlarni ötirgan yoki tizzalab, çökkalagan holda bajariş tavsiya etiladi.
Özingizga quloq solişni unutmang. Özingizni qanday his qilişingiz muhim: boşingiz oğriyaptimi yoki aylanyaptimi, nafas olişingiz qiyinlaşdimi, puls tezlaşdimi? Demak, öşa kuni har qanday jismoniy faoliyatdan çeklanişingiz zarur. Dori qabul qiling-u, öringa yoting. Ahvolingiz yaxşilangaç, jismoniy harakatlar töğrisida öylayverişingiz mumkin.
Uyda yoki köçada
Agar siz maşğulotlar uçun pul tölaşga tayyor bölmasangiz, bundan taşvişga tuşmang. Muşaklarni mustahkamlaş uçun pul talab qilinmaydi. Uşbu maşqlarni uy şaroitida ham bajariş mumkin. Quyida bu borada bir qança maslahatlar beramiz.
- Yuriş. Kun davomida heç bölmaganda 30-40 daqiqa piyoda yuring;
- Yengil maşğulotlar bilan kun davomida 10-15 daqiqa şuğullaning. Bu maşğulotlarni faqat ertalab bajarişingiz şart emas. Istasangiz keçqurun şuğullaning. Eng yaxşisi, kunda bir neça marotaba takrorlab turiş kerak.
- Davolovçi maşğulot. Şifokor bilan maslahatlaşing. Balki u sizga maxsus davolovçi maşğulotlarni taklif etar. Bu kabi maşğulotlar odatda yurak qon-tomir kasalliklari (yurakning işemik kasalligi, gipertoniya), asab kasalliklari (osteoxondroz, umurtqa çurrasi), öpka faoliyatining buzilişi (bronxial astma, öpkaning yalliğlanişi)da buyurilişi mumkin.
- Velosipedda sayr qiliş. Velosipedda sayr qiliş yurak muşaklarini mustahkamlaydi, özingizga ma’qul bölgan tarzda, tekis yölda, örtaça tezlikda harakatlansangiz kifoya.
- Suziş. Agar yon-atrofingizda suv havzalari mavjud bölsa, suziş ham foydali. U muşaklarni mustahkamlaydi (ayniqsa, qöl va yelka muşaklarini), qon aylanişini rağbatlantiradi. Bunday paytda suvda muşaklarning zöriqişi eng past darajada bölişi kerak.

Sport zalda
Siz maxsus sport zallarda şuğullanişni xohlaysizmi? Unda quyidagi maslahatlar siz uçun:
- Yurak qon-tomir sistemasi uçun eng yaxşi maşğulot apparatlari velotrenajor va yuguriş yölagidir. Ular yurak qon-tomir sistemasi faoliyatini yaxşilaş uçun avvaldan şifokor tomonidan belgilab beriladi. Ammo pulsingizni kuzatib turişni unutmang.
- Yoga tana muşaklarini mustahkamlaydi, böşaştirişga yordam beradi. Biroq yurak qon-tomir kasalliklari bor bölgan bemorlar qaltis harakatlardan saqlanişlari kerak.
- Raqsga tuşiş. Raqs — kişiga zavq va quvonç ulaşuvçi eng yaxşi maşğulot. Ammo u bilan ham me’yorida şuğullanmoq kerak. agar qaysidir harakatlar siz uçun qiyinçilik tuğjdirsa, uni turgan joyda yuriş maşğulotiga almaştirişingiz mumkin.

Maşğulotlarda ana şu jihatlarni e’tiborga olgan keksa yoşli kişilar turli muammolardan yiroq bölişadi. Şuni yodda tutingki, har qanday maşğulot oz bölsa-da doimiy ravişda takrorlab turilsa, tana ortiqça zöriqişlardan xalos böladi va bu kişiga yengillik bağişlaydi.
Maxsuma Oqqöziyeva tayyorladi.











