Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviyada fojia: terrorchilar MSKga hujum qildi, qurbonlar ko‘p
Liviyada Milliy saylov komissiyasining Tripolidagi bosh qarorgohiga qurolli hujum oqibatida 16 kishi qurbon bo‘ldi, 19 inson jarohat oldi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar tarqatdi.
Sky News Arabia telekanali tomonidan avvalroq tarqatilgan xabarlarda qurbonlar soni 11 kishi bo‘lgani aytilgan.
Chorshanba kuni ertalab qurollangan jangarilar guruhi saylov komissiyasi qarorgohiga hujum qildi, ular orasida ikki nafar xudkush ham bo‘lgan. Bu vaqtda MSKda saylovchilarni ro‘yxatga olish davom etayotgan edi. Bino ichida ikkita portlovchi qurilma harakatga keltirildi. Bundan tashqari, bino ichkaridan yoqib yuborilgani aytilmoqda. Xavfsizlik kuchlari hujum qilganlar bilan otishmaga kirishgan.
Ayni damda bino jangarilardan ozod etilgan, u yerda o‘t o‘chiruvchilar va politsiya ishlamoqda. Ikki qavatli bino butunlay yonib ketgan.
Ma'lumot uchun, Liviyada prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga tayyorgarlik boshlandi, u 2018 yil oxirida bo‘lib o‘tishi kerak.
Mavzuga oid
12:19 / 29.05.2026
“Eron Liviyaning kuni boshiga tushishidan qochyapti” - siyosatshunos
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026