Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marokash Eron bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Marokash Eron bilan diplomatik aloqalarni uzdi, bunga Tehron tomonidan «Hizbulloh» harakati orqali Polisario frontiga taqdim etilayotgan qo‘llab-quvvatlov sabab bo‘ldi. Bu haqda Marokash TIV rahbari Nosir Burita ma'lum qildi.
Vazirning bayonotiga ko‘ra, qirollikning Tehrondagi elchixonasi yopiladi, Eron elchisi esa Marokashdan deportatsiya qilinadi.
Buritoning so‘zlariga qaraganda, Rabot «Hizbulloh» Polisario frontiga harbiy qo‘llab-quvvatlov taqdim etayotgani, Eron elchixonasidagi diplomatlar esa bu ikki tashkilot yetakchilari o‘rtasidagi muzokaralarni tashkil etishga aloqador bo‘lganiga doir aniq dalillarga ega.
Jazoir tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi, G‘arbiy Saxara mustaqilligi tarafdori bo‘lgan Polisario fronti va Marokash hukumati o‘rtasidagi ziddiyat 1975 yildan beri davom etmoqda.
Polisario fronti Marokash hukumatiga qarshi qurolli kurashni 1991 yilgacha olib bordi, o‘shanda BMT vositachiligida tomonlar o‘rtasida sulhga erishildi.
Mavzuga oid
18:15 / 13.02.2026
AQSh Eron bilan keskinlik fonida Yaqin Sharqqa ikkinchi aviatashuvchini yubormoqda
11:06 / 12.02.2026
AQSh–Eron o‘rtasidagi keskinlik sabab neft narxlari oshyapti
16:17 / 11.02.2026
Netanyahu yana AQShga kelyapti: “Eron masalasi” kun tartibida
09:21 / 11.02.2026