Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Namangan viloyati fermerlari hamda qishloq xo‘jaligi faxriylari bilan suhbatlashdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Norin tumanidagi “Besh sada” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi va viloyat fermerlari hamda qishloq xo‘jaligi faxriylari bilan suhbatlashdi. Prezident matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Manbada ta'kidlanishicha, viloyat fermerlari, qishloq xo‘jaligi faxriylari bilan suhbatda paxtani qo‘shqator tarzda ekishning samarasi, klaster usulining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
"Klasterdan eng katta maqsad - sifat va daromad. Paxta yetishtirishni klasterlarga topshirsak, dala ishlari tizimli va o‘z vaqtida bo‘ladi, daromad oshadi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini isloh qilish, mahalliy byudjyetlarga tushumlarni ko‘paytirish, aholi daromadlarini oshirish, yoshlarni malakali kadrlar qilib voyaga yetkazish, odamlarni uy-joy bilan ta'minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.
Mavzuga oid
18:54 / 01.02.2026
Namanganda yaroqlilik muddati o‘tgan dorilar va tibbiy buyumlar savdoga chiqarilishining oldi olindi
15:07 / 27.01.2026
Namanganda yer rasmiylashtirishni va’da qilgan o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari va kadastr mutaxassisi ushlandi
11:38 / 27.01.2026
Namanganda Cobalt va yo‘lovchi avtobus to‘qnashuvida 3 kishi halok bo‘ldi
11:10 / 16.01.2026