Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya amerikalik askarlar qanday shartda qoldirilishini bildirdi
Amerika armiyasi Koreya Respublikasidagi o‘z ishtirokini saqlab qolishi mumkin. Bu agarda mamlakat KXDR bilan tinch kelishuvni imzolashning uddasidan chiqsa yuz beradi, deb xabar qilmoqda «Ryonxap» agentligi Janubiy Koreya prezidentlik ofisi bayonotiga asosan.
«Hukumat pozitsiyasi shundan iboratki, Koreyada AQSh harbiy kuchlari mamlakatni o‘rab turgan Xitoy hamda Yaponiya kabi yirik davlatlar o‘rtasida vositachi rolini o‘ynamoqda. Shu bilan mamlakat AQSh qurolli kuchlari ishtiroki lozimligini tushuntirmoqda», - deya Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning vakili so‘zlari keltirilgan.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, ayni damda mamlakat hududida amerikalik 28,5 ming askar bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mun Chje In BMTga KXDR bo‘yicha iltimos bilan chiqqani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026