Jahon | 10:42 / 03.05.2018
5363
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR o‘z yadro inshootlariga birinchi marta kuzatuvchilarni kiritadi 

Foto: GLOBAL LOOK PRESS

Shimoliy Koreya o‘z yadro inshootlariga birinchi marta xalqaro kuzatuvchilarni kiritadi, shuningdek o‘zining qit'alararo raketalarini yo‘q qilishga tayyor. Bu haqda "Asaxi" gazetasi manbalari xabar berdi.

Ayni damda to‘la yadrosizlanish shartlari va usullari muhokama qilinmoqda. Bu KXDR va AQSh yetakchilari o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik fonida yuz beryapti.

Gazetaning xabar qilishicha, uch kishidan iborat guruh – MRB xodimlari va yadrochi-mutaxassislar – KXDRga aprel oyi oxirida bordi hamda u yerda taxminan bir hafta bo‘ldi. Natijada, Shimoliy Koreya qit'alararo ballistik raketalarni yo‘q qilish va o‘z yadro inshootlariga kuzatuvchilarni kiritishga rozilik berdi. Shu bilan birga, hozirda yadro qurolini yo‘q qilish muddatlari va Shimoliy Koreya buning evaziga nima olishi mumkinligi muhokama qilinyapti, deb xabar berdi nashr.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mun Chje In BMTga KXDR bo‘yicha iltimos bilan chiqqandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid