Jahon | 20:33 / 03.05.2018
2020
1 daqiqa o‘qiladi

Roskomnadzor Viber’ning to‘silishiga asoslar yo‘qligini ma'lum qildi  

Foto: TASSA/nton Vergun

Roskomnadzor ayni vaqtda Viber messenjerining Rossiyada taqiqlanishiga asos ko‘rmayotganini aytdi. Bu haqda jurnalistlarga Roskomnadzor rahbari o‘rinbosari Vadim Subbotin ma'lum qildi. 

Ayni vaqtda messenjer axborot tarqatuvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilmagan, shu sabab bloklanishga tushmaydi, deb tushuntirgan Subbotin.

“Bloklashga hech qanday asos yo‘q”, deb aytgan Subbotin tegishli savolga javoban. 

Avvalroq Rossiya kommunikatsiya va aloqalar vaziri Nikolay Nikiforov Federal xavfsizlik xizmatida shifrlash kalitlarini olishda muammolar yuzaga kelsa, unda Viber ham bloklanishi mumkinligini aytgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid