Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyaning AQShdagi harbiy attashesi elchixona hojatxonasida yashirin suratga olishda ayblandi
Yangi Zelandiyaning AQShdagi harbiy attashesi va harbiy-dengiz kuchlari kommodori Alfred Kiting Vashingtondagi elchixona hojatxonalaridan birida videoyozuvga olish kamerasini maxfiy tarzda o‘rnatishda ayblanmoqda. Bu haqda New Zealand Herald xabar berdi.
Diplomatik missiya hojatxonasidagi kamera 2017 yilning iyulida topilgan. Hodisani surishtiruvdan o‘tkazish uchun Yangi Zelandiya politsiyasi xodimlari AQShga yetib kelishdi, natijada Kitingga fotosuratlar olish maqsadida noqonuniy suratga tushirish bo‘yicha ayblov qo‘yildi.
Kiting Yangi Zelandiyaga qaytib ketdi hamda egallab turgan lavozimini tark etdi. Sud eshituvlari davomida unga jarayonni yoritish chog‘ida o‘z ismini oshkor qilmaslik bo‘yicha iltimos yuzasidan rad javobi berildi. Kiting elchixonadagi va amerikalik hamkasblar bilan mudofaa bo‘yicha masalalarni muhokama qilishda mamlakatning eng yuqori mansabli harbiysi sanaladi. U bir yarim yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Mavzuga oid
00:05
Saida Mirziyoyeva Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
22:07 / 07.04.2026
Eron Yaqin Sharqni «zulmatga cho‘mdirish» bilan tahdid qildi
20:16 / 07.04.2026