23:57 / 05.05.2018
49323

5 muhim qoida: bolaga mayda xarajatlar uchun pul berish

Agar o‘g‘lingiz yoki qizingizga “kulcha” yoki “yo‘l haqi” uchun deb pul berayotgan bo‘lsangiz, barini noto‘g‘ri qilyapsiz.

Ko‘pchilik bolalarga mayda xarajatlar uchun ilk marta 7-8 yoshda, nisbatan mustaqillikni talab etadigan boshlang‘ich sinf davrida pul beriladi. Biroq ulg‘ayayotgan farzandga uning  birinchi “shaxsiy” pullarini berayotganda ota-onalar bir qator xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar. Bu esa mayda xarajatlar uchun beriladigan pullardan keladigan foydaning ahamiyatiga putur yetkazadi.

Bolaga qanday qilib pul berish, bu orqali farzandimizni olganini qadrlash va uni to‘g‘ri sarflashga o‘rgatish kerakligiga amin bo‘ldik. Mazkur o‘rganishlar natijasini e'tiboringizga havola etamiz.

1. Pulni ongli tarzda bering

Kichik miqdordagi pulni berib, “Bu oshxonadan kulcha olishing uchun” deyish uni hisobsiz berish kabi zararlidir. Har ikkala holatda ham bolada shaxsiy ehtiyojlarga mustaqil mas'uliyat imkoniyati qoldirilmayapti. Bunda ehtiyojlarni istiqbolliligi yuzasidan turlarga ajratish istagi paydo bo‘lmaydi. Axir mablag‘ning aniq maqsadi yoki qo‘shimcha narsalar qat'iy belgilab qo‘yilgan (“kulcha”dan boshqa narsalarga pul yetmaydi), yoki shartli ravishda umumlashtirilgan (shartli aytganda, hammasiga yetadi).

Foto: Fotolia

Mayda xarajatlar uchun bolaga beriladigan pulning bosh ma'nosi bolaga pul bilan muomala qilishni o‘rgatish – birlamchi va ikkilamchilarini tanlab,  xarajatlarni rejalashtirish, jamg‘arib borish. Shuning uchun bola bunday hisob-kitobni mustaqil amalga oshirishni o‘rganguniga qadar, hech bo‘lmaganda bolaga pul berishning ilk davrida quyidagi so‘zlarni aytish kerak: “Ertaga senga qancha miqdorda va nima uchun pul kerakligini hisoblab ko‘raylik”.

Bola bilan muhokama vaqtida unga beriladigan pul o‘z ichiga quyidagi xarajatlarni qamrab olishini bilasiz:

  • Zaruriy — bu masalan, yo‘l haqi, maktabda ovqatlanish, maktabdagi rad etilmaydigan boshqa xarajatlar bo‘lishi mumkin.

  • Qo‘shimcha — zaruriy va  xursandchilik o‘rtasidagi xarajatlar. Bu maktab oshxonasidagi sho‘rva va ikkinchi ovqatga qo‘shimcha shirinlik bo‘lishi mumkin. Yoki standart, arzon ruchka o‘rniga chiroyli avtoruchkadir. Balki eskirib ketgan qalamdon o‘rniga yangisi va h.k. lar bo‘lishi mumkin.

  • Jamg‘arma — bu juda muhim band. Har bir bola u yoki bu o‘yinchoq haqida orzu qiladi: yangi qo‘g‘irchoq, skeytbord, futbol koptogi. Jamg‘arma misolida bola qanday qilib orzusiga erishishi va shu yo‘l bilan muvaffaqiyatni qo‘lga kiritish, tejashni o‘rgatish mumkin. Agar har kuni 1000 so‘mdan yig‘sang, 50 kundan keyin o‘zingga qo‘g‘irchoq sotib olishing mumkin. Agar 2000 ming so‘mdan yig‘sang, masalan shirinlikdan tejasang, qo‘g‘irchoqni 25 kunda sotib olasan.

Bola o‘ziga berilayotgan 5000 so‘mga qanday xarajatlari mavjudligini anglasa, pul u uchun tushunarsiz qog‘oz emas, amaliy asbobga aylanadi.

2. Mayda xarajatlar uchun har hafta yoki har oyda bir marta pul bering

Bolaga byudjyetni yuritishni o‘rgatishning eng yaxshi usuli – mayda xarajatlar uchun har kuni emas, haftasiga yoki (o‘smirlar holatida) oyiga pul berishdir. Tabiiyki, bu bandga yetib kelishdan avval xarajatlarning tuzilishini tushungan, ularni zaruriy va qo‘shimchalarga ajratib olgan bo‘lishingiz kerak.

Kelayotgan hafta uchun oldindan pul olgan o‘quvchi mustaqil ravishda ustuvorliklarni aniqlaydi, pul asosiy ehtiyojlariga yetishi uchun ularni masalan quyidagicha taqsimlaydi: transport chiptasi, maktabdagi tushlik va mayda xursandchilik uchun ketadigan xarajatlar kabi.

Bola byudjyetni erta sarflab yuborgan bo‘lsa asabiylashmang.

Bu ko‘pchilik bilan sodir bo‘ladi: bolalar pul bilan muomala qilishni o‘rganyapti, shuning uchun xatolardan sug‘urtalanmagan. Muhimi – ajratilgan mablag‘dan ortig‘ini bermaslik. Bir necha pulsiz o‘tgan kunlarda salbiy narsalar sodir bo‘lmaydi, bu unga yaxshi saboq bo‘ladi.

Agar bolada zarur xarajatlar qolgan bo‘lsa-yu, ular uchun puli qolmasa, quyidagicha yo‘l tutish mumkin: ushbu xarajat uchun qo‘shimcha pulni “qarz”ga berish. Bu pul keyingi safar beriladiganidan ayirib tashlanishini aytishni unutmang.

Mayda xarajatlar uchun pulni aniq aytilgan muddatda, vaqtli ham, kech ham bermang. Agar pulni istalgan vaqtda va turli miqdorda beradigan bo‘lsangiz, bu bolani adashtirib yuborishi mumkin.

Rebekka Shiko, bolaning rivojlanishi bo‘yicha britaniyalik ekspert “Sokin va baxtli bolakay” kitobi muallifi

3. Pulning qadrini namoyish eting

Dastlabki vaqtlarda bolalar mayda xarajatlarni “shunchaki” olishadi. Bola ulg‘aygani sari unga quyidagi fikrni singdirish kerak: moliyalashtirish – bu shartsiz huquq, hatto imkoniyat bo‘lib, u ko‘pincha bolaning o‘ziga bog‘liq bo‘ladi.

Masalan, farzandingiz har haftani nol balansda boshlab, dam olish kunlarigacha mayda harajatlar uchun pul ishlashi mumkin. Bolaning standart majburiyatlariga kirmaydigan uy ishlariga yordam berishi uning uchun “maosh” bo‘lishi mumkin. O‘z xonasini yig‘ishtirib qo‘yishga haq to‘lanmaydi, biroq bola yuvinish xonasi yoki oshxonani tartibga keltirsa, u qo‘shimcha 2-3 ming ishlaydi. “Maosh” olishning boshqa yo‘li- aytilgan baldan yuqori baho olganlik uchun qo‘shimcha pul berish. O‘qib berilgan, yoki aytib berilgan hikoya uchun. 10 qatordan ortiq qatorli bolaning o‘zi tomonidan yozilgan she'r uchun. Yoki kichik bolalarga qarashda yordam berish kabilardir.

Foto: 123RF

Siz o‘zingiz va farzandingizga ma'qul keladigan variantlarni tanlab olishingiz mumkin. Uning hajmini belgilash, bajarishga intilish va boshqa omillarni ko‘rib chiqishingiz ham mumkin. Bularning bari bolani pul mehnat va topqirlik bilan ishlab topilishiga o‘rgatadi. Haq to‘lash miqdorini esa kelishib olsangiz bo‘ladi.

4. Shaxsiy namuna ko‘rsating

Bolalarni tarbiyalamang, ular baribir sizga o‘xshagan bo‘lishadi. O‘zingizni tarbiyalang.

Buyuk Britaniya qadimiy maqoli

Shaxsiy namuna – bolani—pulni boshqarishgao‘rgatishning yaxshi usuli. Qizingiz yoki o‘g‘lingiz maoshingizni qaysi xarajatlar uchun taqsimlayotganingizni ko‘rsin: kommunal to‘lovlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak. Bolani oilaviy xordiqni rejalashtirishda yordamga chaqirish ham mumkin: “Agar yozda dengizga borishni istasak, har oy mana shuncha pul yig‘ishimiz kerak”. Shuningdek, qimmat buyum va texnikani  kredit olish yoki jamg‘arib borish orqali xarid qilish mexanizmini ham tushuntiring.

5. Xayriyani qo‘llab-quvvatlang

Pulning bir qismini bola kerakli deb hisoblagan narsa uchun xayriya qilishi mumkin. Ota-ona tomonidan bu imkoniyatga diqqat qaratilishi lozim. Axir bolalar kimgadir yordam berish yoki ba'zi xayriya loyihalarida ishtirok etish uchun kichik deb hisoblanadi.

Foto: Fotolia

Xayriya ijtimoiy javobgarlikni tarbiyalashga yordam beradi. U esa o‘z navbatida boladagi mas'uliyat hissi darajasini oshiradi. Kelajakda bu omil ulg‘aygan o‘g‘il yoki qizning pul bilan muomalasi va umuman olganda, uning hayotiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Top