Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi xodimlari Boş prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişida tezkor tadbir ötkazdi.

Tadbir davomida Yaşnobod tumani hokimining tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça mahalla fuqarolar yiğinidagi yordamçisi öz xizmat mavqeidan foydalangan holda 5 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Aniqlanişiça, u tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroning köp qavatli uyning 1-qavatidagi turar joy xonadonini noturar joy toifasiga ötkazişga yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali ruxsat olib beriş va tegişli hujjatlarni rasmiylaştirişda kömaklaşiş evaziga mazkur mablağni talab qilgan.

Tergovga qadar tekşiruv davomida uşbu masalani Yaşnobod tuman hokimiyati bölinma rahbari orqali hal qiliş rejalaştirilgani aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi. Natijada uşbu mansabdor şaxs ham 600 AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlandi.

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi hamda 28, 211-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fuqarolarga bu kabi qonunbuziliş holatlariga duç kelganda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga murojaat qiliş tavsiya etildi. Şaxsning sir saqlanişi kafolatlanadi.