18:20 / 05.05.2018
4062

Mikrokreditbank Italiya mikrokreditlash milliy agentligi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi

2018 yil 26 aprel kuni Rim shahrida «Mikrokreditbank» ATB boshqaruvi raisi boshchiligidagi delegatsiya va Italiyaning mikrokreditlash milliy agentligi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Italiyaning mikrokreditlash milliy agentligining asosiy maqsadi kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Yangi tashkil etilgan korxona va aholi vakillari kredit olishdan avval, zarur hujjatlarni agentlikka taqdim etadi. Agentlik tegishli yo‘nalishlar bergan holda, hujjatlarni ma'qullaydi. Natijada korxona va aholi vakillariga bankdan kredit olish uchun tasdiq hujjati beriladi va bu hujjat asosida banklar kredit ajratadi.

Foto: Mikrokreditbank

Uchrashuv natijasida, ikki tomonlama hamkorlik o‘rnatish yuzasidan qo‘shma ishchi guruhini shakllantirish, «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish va memorandum imzolashga kelishildi.

Agar har ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilsa, Italiya banklarining mikrokreditlash loyihalari bo‘yicha kredit liniyalarni jalb kilish, xodimlar tajribasini oshirish va malaka almashish dasturlarini amalga oshirish ishlari olib boriladi.

Mavzuga oid
Top