Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayxontohur tumani prokurori Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga prezident sovg‘alarini topshirdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 16.04.2018 yildagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, mamlakatda 9 may - Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarning xotirasini abadiylashtirish munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlar moddiy rag‘batlantirilmoqda.
Xususan, Shayxontohur tuman prokurori tomonidan 2018 yil 3 may kuni Shayxontohur tumani 2-sektor hududida yashovchi 8 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga prezident tomonidan taqdim etilgan sovg‘alar topshirildi. Bu haqda Shayxontohur tuman prokuraturasi xabar berdi.
Bundan tashqari, prezident tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga yozilgan tabriklar va tilaklar o‘qib eshittirildi.
Mavzuga oid
18:59 / 21.06.2026
O‘zbekistondagi eng keksa Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi vafot etdi
10:05 / 18.06.2026
Kinoga ko‘chgan hayot: Ikkinchi jahon urushida qurol ishlatmasdan qahramon bo‘lgan askar kim edi?
18:26 / 04.05.2026
“Prezident orzumga yetkazsin deyman” – farg‘onalik 106 yoshli urush faxriysi
08:50 / 04.10.2025