Jahon | 22:29 / 06.05.2018
20961
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonning eng boy biznesmenlarining yangi reytingi tuzildi 

Foto: prostoinvesticii.com

Qozog‘istonning 2018 yildagi 50 nafar eng boy biznesmeni ma'lum qilindi. Har yilgi reyting Forbes Kazakhstan jurnali tomondan chop etildi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilda Qozog‘istonning eng yirik biznesmenlarining umumiy boyligi 26 mlrd dollardan oshgan. Taqqoslash uchun, 2012 yilda ularning umumiy boyligi 24 mlrd dollarga yetmagan, 2016 yilda esa 21,7 mlrd dollarga tushib ketgan.     

Joriy reytingda 19 ishtirokchi o‘z pozitsiyasini yaxshilab olgan, 20 ishtirokchiniki yomonlashgan, 5 ishtirokchi avvalgi yilgi pozitsiyalarini saqlab qolgan. Bundan tashqari, reytingga 5 nafar yangi nom kiritilgan.

Reytingning eng yuqori pog‘onasini 3,4 mlrd dollar bilan 57 yoshli tadbirkor, “Xolding Kazaxmis” prezidenti Vladimir Kim egallamoqda. 2- va 3-o‘rinlarni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning o‘rtancha qizi Dinara Kulibayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Kulibayevlar egallamoqda. Ularning boyligi 3,1 mlrd dollarga baholangan. 4-o‘rinni 2,6 mlrd dollar bilan “KarTel” va “Sky Mobile” telekommunikatsiya operatorlari egasi Bulat Utemuratov, 5-o‘rinni 2,3 mlrd dollar bilan, “Eurasian National Resources Corporation” kompaniyasiga Fattoh Shodiyev bilan birga egalik qiluvchi Alijon Ibragimov egallamoqda.

Keyingi 4 nafar eng boy tadbirkor bank sektorida faoliyat yuritadi, ular: Rashit Sarsenov (735 mln dollar), Dauren Jaksibek (700 mln dollar), Kenes Rakishev (691 mln dollar), Baxitbek Bayseitov (571 mln dollar). Yetakchi o‘ntalikni “Astana Grupp” egasi Nurlan Smagulov 450 mln dollar bilan yakunlamoqda. 

Mavzuga oid