Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shohjahon Ergashevning keyingi jangi qachon bo‘ladi?
WBA International chempionlik kamari sohibi Shohjahon Ergashev joriy yilning avgust oyida keyingi bahsni o‘tkazishi mumkin. Bu haqda o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustasi O‘zbekiston 24 telekanali muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda aytib o‘tgan.
«Muxlislarni ko‘p kuttirish niyatim yo‘q. Joriy yilning avgust oyida navbatdagi jangni o‘tkazish uchun tayyorgarlik boshlangan. Menimcha, bu 12 raundlik chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadigan jang bo‘lishi mumkin», deydi Ergashev.
Shohjahonning ta'kidlashicha, u 2018 yilning yakuniga qadar boks bo‘yicha mutlaq chempionlik kamarini qo‘lga kiritishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev Nyu-Yorkdagi mashhur Barclays Center sport majmuasida o‘tkazilgan boks kechasida xitoylik Vangga qarshi ringga ko‘tarilib, WBA International titulini qo‘lga kiritgandi.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026