Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘zbekistonda diniy urf-odatlarni hisobga oluvchi mehmonxonalar tarmog‘i bo‘lishi kerak" - Aziz Abduhakimov
Foto: VisitUzbekistan
O‘zbekistonda diniy an'analar va urf-odatlarni inobatga oluvchi mehmonxonalar tarmog‘i, ya'ni ziyorat-mehmonxonalari bo‘lishi kerak. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov VisitUzbekistan jurnaliga bergan intervyusida shu haqida ma'lum qildi.
"Yaqin kelajakda ziyorat turizmi O‘zbekistonning ham ichki, ham tashqi turizmida eng talabgor yo‘nalishlardan biriga aylanishi mumkin, - deydi Qo‘mita raisi. - Biroq aeroportlarda, temir yo‘l va avtovokzallarda, shuningdek mehmonxonalarda sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘lida qiladigan ishlarimiz hali ko‘p. Bu ziyoratchilar tashrif buyuradigan joylarda tahorat va ibodat xonalarini yaratishni ko‘zda tutadi.
O‘zbekistonda diniy an'analar va urf-odatlarni inobatga oluvchi mehmonxonalar tarmog‘i, ya'ni ziyorat-mehmonxonalari bo‘lishi kerak. Umumiy ovqatlanish joylari uchun “Halol” va “Kosher” standartlari bo‘yicha turistik sanoat obektlarini sertifikatlash tizimini joriy qilish ko‘zda tutilmoqda”, - deydi Aziz Abduhakimov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya fuqarolari uchun vizasiz rejimning o‘rnatilishi yaqin 2-3 yilda O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi turkiyalik sayyohlar sonini kamida 3-4 baravarga (yiliga 100-150 ming kishigacha) oshirishi kutilmoqda.
Bundan avval Rajab Toyyib Erdo‘g‘an boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi davomida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi turkiyalik hamkasblari bilan ziyorat turizmini rivojlantirishga doir memorandumni imzolagani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
13:42 / 31.03.2026
O‘zbekistonda 2026 yil boshida qanday avtomobillar sotildi?
13:09 / 31.03.2026
2025 yilda O‘zbekistonda real ish haqining o‘sishi tezlashdi
15:37 / 25.03.2026
John Deere O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
18:39 / 20.03.2026