Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Al-Qudsda AQSh elchixonasining yo‘l belgilari paydo bo‘ldi
Foto: Reuters
Donald Tramp tomonidan Isroil poytaxti deya tan olingan Al-Qudsda AQSh elchixonasining yo‘l belgilari paydo bo‘ldi, kelgusi haftadan missiya o‘z ishini boshlashi kutilmoqda. DailySabah shu haqida xabar berdi.
Dushanba kuni Al-Quds meri Nir Barkat ingliz, yahudiy va arab tilidagi ilk yo‘l belgisini osdi. 14 may kuni elchixona Tel-Avivdan Al-Qudsga rasman ko‘chib o‘tadi.
"Bu tush emas, haqiqat, - deydi mer o‘z bayonotida. - Al-Quds - yahudiy xalqining mangu poytaxti va dunyo bu faktni e'tirof eta boshladi".
Davlat departamenti xodimining so‘zlariga ko‘ra, elchixona vaqtincha hozirda Al-Qudsda AQSh konsulligining bir qismi sifatida ish boshlagan binoda bo‘ladi.
Yangi elchixona binosi qurilgunga qadar AQSh elchisi va bir necha xodim shu yerdagi ofisda faoliyat yuritadi. Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, AQSh elchixonasining doimiy joylashuvi hanuz ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
23:12 / 21.04.2026
Tramp: Eron bilan sulh uzaytirilmaydi, havo zarbalari qayta boshlanadi
10:45 / 21.04.2026
Tramp Eron bilan yangi kelishuvga umid qilmoqda
08:49 / 21.04.2026
Oq uyda yangi kadrlar inqirozi: yana bir vazir iste’foga chiqdi
23:37 / 20.04.2026