Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada bolalar soni rekord darajada past ko‘rsatkichga yetdi
Mana 37 yildirki, Yaponiyada bolalar soni avvalgi yillarga nisbatan 170 ming nafarga qisqardi, bu esa mamlakat aholisining keksayib borayotgani va aholi sonining qisqarayotganidan dalolat beradi. DailySabah shu haqida xabar berdi.
Yaponiya ichki ishlar va aloqalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarda 1 aprel holatiga ko‘ra mamlakatda jami 15,53 million bola qayd etilgan. Bunda 12 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni eng yuqori koeffitsiyentga ega bo‘lgan.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, Yaponiyada bolalar soni 1899 yildagi hisob-kitoblardan buyon birinchi marta shu darajada past natijani qayd etgan.
Yaponiyaning 126 million nafar aholisining 12,3 foizinigina bolalar tashkil qiladi. AQShda bu ko‘rsatkich - 18,9 foiz, Turkiyada - 28,7 foiz va Hindistonda 30,8 foizdan iborat.
Hukumat uzoq yillar davomida oilalarni ko‘proq farzand ko‘rishga undamoqda, biroq aholi qisqarishda va keksayishda davom etmoqda.
Iyul oyida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 65 yosh va undan katta yoshdagi kishilar Yaponiya aholisi umumiy sonining 27,2 foizni tashkil qilgan. 14 yosh va undan kichiklar soni esa rekord darajada minimumni - 12,7 foizni qayd etadi.
Hukumat yoshlarni farzand ko‘rishiga undash yo‘lida imkon qadar sharoit yaratdi va firmalarni ularning ish haqini oshirish va oila hamda ish o‘rtasida sog‘lom muvozanatni saqlashda yordam berishga chaqirdi. Biroq bu sa'y-harakatlar sezilarli o‘zgarishlarga olib kelgani yo‘q.
Mavzuga oid
08:18 / 23.06.2026
Xarita: qaysi davlatlarda 65 yoshdan oshganlar ulushi eng yuqori?
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
08:58 / 22.06.2026
Namangan aholi soni eng tez o‘sgan va eng zich shahar bo‘ldi
08:30 / 19.06.2026