Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV fuqarolarga firibgarlar bo‘yicha murojaat bilan chiqdi
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida 6 may kuni pensioner Z.V. IIBga murojaat qildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, 2018 yil 19 aprel kuni soat 13.00larda 2 noma'lum shaxs (ulardan biri ayol) Toshkent shoh ko‘chasida joylashgan “Fitnes klubi” oldida unga o‘zlarini bank xodimlari deb tanishtirib, yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasi hududida AQSh dollarida muomala qilish cheklanishi munosabati bilan pensionerlarga imtiyoz yaratish maqsadida ularni uyiga borib, AQSh dollarini yevro valyutasiga ayirboshlayotganliklarini aytib aldash yo‘li bilan ishonchiga kirgan.
Ular Z.V.dan 400 AQSh dollari va 50 ming so‘m pulini olib, unga konvertga solingan 200 yevro valyutasi ko‘rinishidagi qalbaki pullarni berib ketganliklarini ma'lum qilgan. Ushbu jinoyatni sodir etgan noma'lum shaxslarni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.
«Holat yuzasidan kimda kim biror bir ma'lumotga ega bo‘lsa, 102 telefon raqamiga yoki joylardagi profilaktika inspektorlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz», - deyiladi IIV xabarida.
Mavzuga oid
08:44
Kattaqo‘rg‘onda hibsxonada saqlangan fuqaro vafot etdi, IIV rasmiy izoh berdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
09:04 / 16.02.2026