Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonlik 60 soniya ichida boshi bilan 51 ta tarvuzni yorib tashladi
Pokistonlik Rashid Nasimga 51 ta tarvuzni boshi bilan yorish uchun 60 soniya kifoya qildi va u jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Avvalgi rekordchi, germaniyalik Tafzi Ahmad 60 soniya ichida 43 ta tarvuzni yora olgandi. Nasim bundan bir necha oy oldin kafti bilan 60 soniya ichida 281 ta yong‘oqni chaqib, rekord o‘rnatgandi. U bu borada hindistonlik Prabxakara Reddini dog‘da qoldirgandi. Reddi 60 soniya ichida 251 ta yong‘oqni chaqa olgandi.
Pokistonlik sportchi bu rekordni o‘rnatish uchun ancha tayyorlanganini ma'lum qilgan. “Jahon rekordini o‘rnatish uchun ko‘p mashq qilish kerak. Men bu urinishimdan oldin bir necha oy mashq qildim. Har bir urinish va rekord uchun ancha mablag‘ kerak bo‘ladi va men buni homiylar hamda davlat yordamisiz amalga oshirmoqdaman”, deb aytgan rekordchi.
2017 yilda Nasim 60 soniya ichida 43 ta kokosni boshi bilan yorib, Ginness rekordlar kitobiga kirgani ma'lum qilingandi. Nasimning aytishicha, u 50 ta rekord o‘rnatib, mamlakat u bilan faxrlanishini orzu qilmoqda.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
19:57 / 30.05.2026