Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Suriyada yangi harbiy amaliyotlar o‘tkazilishini e'lon qildi
Turkiya o‘z chegaralari yonida terrorchilik xavflari to‘liq yo‘q qilinmaguncha Iroq va Suriyadagi amaliyotlarini davom ettiradi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Adolat va rivojlanish partiyasi vakillari oldidagi nutqida aytib o‘tgan.
“Turkiya Suriyaning shimolidagi Ayn-al-Arabadan Xasakagacha, Iroqdagi Sinjardan Qandilgacha bo‘lgan hududlarda oxirgi terrorchi yo‘q qilinmaguncha to‘xtamaydi va mintaqadagi amaliyotni davom ettiradi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Shuningdek, Erdo‘g‘anning bildirishicha, Turkiya armiyasi Suriya hududida yangi harbiy amaliyotlarni amalga oshiradi. “Terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurashimizda to‘xtamaymiz. Biz “Furot qalqoni” va “Zaytun novdasi”ga qo‘shimcha ravishda yangi amaliyotlarni boshlaymiz. Harbiylarimiz bunga tayyor”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
U Turkiya armiyasi kurd qurolli tuzilmalariga qarshi amaliyotlar olib borishni davom ettirishiga va'da bergan. Erdo‘g‘an bu so‘zlarni saylovoldi manifesti vaqtida aytib o‘tgan.
Turkiya prezidenti shuningdek Turkiya mudofaa sanoatining ahamiyati haqida ham to‘xtalib o‘tgan. “Kuchli davlat o‘z qurolini ishlab chiqarishi kerak. Bunga Turkiyada ishlab chiqarilgan ALTAY tanki, ATAK vertolyotlari va zarbdor dronlar yaqqol namuna bo‘la oladi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026