Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyaga noqonuniy ravishda muhojirlarni olib kirgan jinoiy to‘da qo‘lga olindi
AP Photo / dpa/ Georg-Stefan Russew
Germaniyada mamlakatga noqonuniy ravishda muhojirlarni olib kirgan jinoiy to‘daga qarshi yirik amaliyotda 800 ga yaqin politsiyachi ishtirok etdi. Natijada to‘daning uch yetakchisi: ikki nemis va bir rossiyalik qo‘lga olingan.
7 may kechasi boshlanib 8 mayda tugagan amaliyot Gamburg, Bremen, Quyi Saksoniya va Saksoniya-Anxaltda o‘tgan. Amaliyot davomida politsiyachilar 21 ta tintuv o‘tkazib, 49 nafar shubhali odamni aniqlashgan. Ta'kidlanishicha, aniqlanganlardan kamida 35 nafari Germaniyada noqonuniy yashagan, ulardan ko‘pchiligi Moldova fuqarolari bo‘lgan.
Politsiyachilar 7 mayda Gamburgda 3 nafar bosh gumonlanuvchini – Germaniyaning 30 va 39 yoshli ikki va Rossiyaning 43 yoshli bir fuqarosini qo‘lga olishgan.
Tintuv vaqtida dalillar sifatida shaxsni tasdiqlovchi qalbaki hujjatlar, mobil telefonlar, planshet va noutbuklar hamda boshqa ma'lumot tashuvchilar hamda katta miqdorda naqd pul va oltin musodara qilingan. Bundan tashqari, ozgina miqdorda giyohvand vositalar, kastet, elektroshoker va o‘qlar aniqlagan.
Ta'kidlanishicha, Germaniya politsiyasi 2017 yil oktabrdan beri Germaniyaga Moldova fuqarolarini noqonuniy olib kirish va ishga joylashda gumon qilinayotgan, 8 kishidan iborat to‘daga qarshi tergov olib bormoqda. Germaniya, Rossiya va Ukraina fuqarolari bu jinoiy to‘daga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Mavzuga oid
09:37 / 26.12.2025
Rossiya TIV rossiyaliklarni Germaniyaga safar qilmaslikka chaqirmoqda
16:37 / 25.12.2025
Rossiya uchun diversiya tayyorlaganlikda ayblanayotgan ukrainalik Germaniyaga topshirildi
11:48 / 24.12.2025
WDR: Germaniya tashqi razvedkasi rahbari Narishkin bilan telefonda gaplashgan
12:57 / 23.12.2025