Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida giyohvandlikka qarshi qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi "Do‘sti" chegara punktida davlat chegarasidan noqonuniy olib o‘tiladigan giyohvand moddalar profilaktikasiga doir qo‘shma amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.
Tojikiston Giyohvand moddalar nazorati agentligi (GMNA)ning Jamoatchilik bilan aloqalar markazidan xabar berilishicha, qo‘shma amaliy mashg‘ulotlar BMTning XAC/K22 mintaqaviy tashabbusiga ko‘ra o‘tkazildi.
Qo‘shma mashg‘ulotlarda GMNA, ichki ishlar vazirliklari, TR chegara qo‘shinlari va mamlakat bojxona xizmati vakillari ishtirok etishdi. O‘zbekiston huquq-tartibot organlari vakillari nazoratchi sifatida qatnashishgan.
Mashg‘ulotlar tugagach, O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalarining loyiha rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ikki mamlakatning huquq muhofazachilari mazkur loyihani amalga oshirishga doir masalalarni muhokama qilishdi.
Bunday amaliy mashg‘ulotlar "Do‘sti" chegara punkti xodimlari, chegara hamkorligi bo‘limi ofitserlari va boshqa huquq-tartibot organlari hamkorligini yaxshilashga yo‘naltirilgan.
Ta'kidlash joizki, BMTning “XAS/K-22” giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasi byurosi tashabbusi bilan O‘zbekiston, Tojikiston va Afg‘onistonning besh punktida chegara hamkorlik idoralari tashkil qilingan.
Mavzuga oid
14:46 / 15.07.2026
Parlamentlararo ittifoq O‘zbekiston tajribasini namuna sifatida ko‘rsatdi
10:12 / 11.07.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida raqamli bojxona nazorati joriy etiladi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
14:26 / 05.07.2026