O‘zbekiston | 23:34 / 09.05.2018
21822
1 daqiqa o‘qiladi

Xotira va qadrlash kuni tadbirlarida Ikkinchi jahon urushi sharoiti aks ettirildi

Bugun, 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirlari doirasida harbiy ko‘rgazma tashkil qilindi. Unda urush davri sharoitini aks ettiruvchi, jumladan, okop va blindajlar, o‘sha davr qurol-aslahalari, harbiy texnikalar namoyish qilindi.

Tadbirda mehmonlar shuningdek, ikkinchi jahon urushi davri askarlari, ular uchun tayyorlangan ovqatlardan iste'mol qilib ko‘rish, harbiy texnika va liboslar bilan suratga tushish, yaxlit ansambl tomonidan tayyorlangan dekoratsiya va sahna asarlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Quyida «Kun.uz» ijodkorlarining bayram tadbirlaridan tayyorlagan lavhasini tomosha qilishingiz mumkin.

IIBB matbuot xizmati  bergan xabarga ko‘ra, Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma 10-13 may kunlari 10.00 dan 14.00 gacha ishlaydi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid