16:28 / 09.05.2018
5129

“Mikrokreditbank” xodimlari faxriylar holidan xabar olishdi

Foto: Mikrokreditbank

Prezidentimizning 2018 yil 16 apreldagi «Xotira va kadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan joylarda turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur sana munosabati bilan “Mikrokreditbank” ATB xodimlari tomonidan poytaxtimizning Chilonzor tumanida yashovchi faxriylar, Inagamov Abid, G‘aniyev Abdujalil ota holidan xabar olindi.

Foto: Mikrokreditbank

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari fashizmga qarshi kechgan beayov janglarda vatanparvarlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan bu faxriylar e'zozu ardoqda hayot kechirmoqda.

Nuroniy otaxonlar bilan bo‘lgan suhbatlarda suronli urush yillari, olis yurtlardagi qonli janglar haqida so‘zlab, bugungi tinch-osoyishta kunlar uchun shukronalar aytdilar. Yoshlarning eng asosiy burchi tinchlikni qadrlash, uni himoya qilish, yurt ravnaqi va farovonligi yo‘lida halol xizmat qilishdan iborat ekanligini alohida ta'kidladi.

Foto: Mikrokreditbank
Foto: Mikrokreditbank
Foto: Mikrokreditbank
Mavzuga oid
Top