O‘zbekiston | 16:50 / 10.05.2018
10643
2 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash borasidagi kamchiliklar belgilab berildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori bilan qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash borasidagi kamchiliklar belgilab berildi

Qayd etilishicha, qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash borasida bugungi kunda o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Bunda:

birinchidan, agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, jadallik bilan joriy etilayotgan zamonaviy intensiv, resurstejamkor texnologiyalar xamda ilg‘or tajribalar fan dasturlarida o‘zining aksini topmaganligi, ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy talablar asosida yaratilgan metodik ta'minotlar bilan to‘liq ta'minlanmaganligi hamda universitetning o‘quv-laboratoriya bazasi ma'nan va jismonan eskirganligi natijasida talabalar zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmayotganligi sababli bitiruvchilarning mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishida muammolar mavjud;

ikkinchidan, mutaxassislar tayyorlash yuzasidan ehtiyojlar chuqur tahlil qilinmaganligi oqibatida sohada ilg‘or agrotexnologiya, innovatsion va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish kabi yo‘nalishlarda oliy ma'lumotli kadrlar yetishmasligi yuzaga keldi;

uchinchidan, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati, kasbiy bilim darajasi, shuningdek, amaliy tajribalarini doimiy oshirib borish mexanizmlarini joriy etish, ularning kasbiy salohiyatini oshirishda xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarining ilg‘or tajribalaridan samarali foydalanilmayapti;

to‘rtinchidan, fan, ta'lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasi ta'minlanmaganligi, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning tizimli tashkil etilmaganligi, qishloq xo‘jaligi sohasidagi olib borilgan ilmiy izlanishlarning sohadagi mavjud dolzarb ilmiy muammolar yechimlariga qaratilmaganligi oqibatida ilmiy faoliyatning samaradorligi pastligicha qolmoqda;

beshinchidan, talabalarning ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarini qishloq xo‘jaligi ekinlarining agrotexnik tadbirlari mavsumiga moslashtirilmaganligi va samarali tashkil etilmaganligi oqibatida bitiruvchilarning amaliy ko‘nikmalari talab darajasida emas.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid