O‘zbekiston | 12:25 / 10.05.2018
4886
4 daqiqa o‘qiladi

Umumiy O‘TMga xorijiy fuqarolar tomonidan hujjat taqdim etish yo‘riqnomasiga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan o‘qishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga xorijiy fuqarolar tomonidan o‘qishga kirish uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar: 

1.4-bandning uchinchi xatboshisidan “va notarial tasdiqlangan nusxalari” degan so‘zlar chiqarib tashlandi.

2. 7-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

7. Qabul komissiyasi tomonidan maktabda o‘qish istagini bildirgan xorijiy fuqaroning hujjatlari, uni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma hamda u bilan tuziladigan shartnoma (kontrakt) loyihasi tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limiga yuboriladi, shundan so‘ng ular tomonidan hujjatlar jamlanib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalariga yuboriladi.

Vazirlik va idoralar tasarrufidagi maktablarda tashkil etilgan qabul komissiyasi tomonidan hujjatlar tegishli vazirlik va idoralarga yuboriladi.”.

3. 8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

4. 9-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

"9. Xorijiy fuqarolarning hujjatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari huzurida tuzilgan xorijiy fuqarolarni maktabga o‘qish uchun qabul qilish bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda maxsus komissiya deb yuritiladi) tomonidan 10 kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.

Vazirlik va idoralar tasarrufidagi maktablarda o‘qish istagini bildirgan xorijiy fuqarolarning hujjatlari ushbu vazirlik va idoralar tomonidan 10 kunlik muddatda ko‘rib chiqilib qaror qabul qilinadi.”

5. 10-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi” degan so‘zlar "Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

6. 13-band kuyidagi tahrirda bayon etildi:

“13 - Maxsus komissiya tomonidan xorijiy fuqaroni maktabga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan so‘ng, hujjatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari tomonidan tegishli maktablarga yuborish uchun tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limlariga yuboriladi.”.

7. 14-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining” degan so‘zlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalarining” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

Mavzuga oid